2026-yil 13-iyunda Payariq tumani Xo‘ja Ismoil mahallasida turizm sohasi vakillari uchun “Turizm sohasida professional nutq va xizmat ko‘rsatish etiketi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-trening O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 21.04.2026-yildagi 01-16-241-sonli xatiga asosan, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son hamda “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son qarorlariga muvofiq
oliy taʼlim tashkilotlariga biriktirilgan hududlarni turistik salohiyatini oshirish boʻyicha 2026-yilgi turizm mavsumiga moʻljallangan CHORA-TADBIRLAR REJASI"ning 112.4-bandi Reja-grafikka muvofiq seminar-treninglarni tashkil etish topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Seminar-treningni "Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Farrux Sattarov olib bordi. Tadbir davomida turizm sohasi vakillariga professional nutq madaniyati, turistlar bilan samarali muloqot olib borish usullari, xizmat ko‘rsatish etiketi, mehmondo‘stlik tamoyillari hamda xizmat sifati va mijozlar qoniqishini oshirishning zamonaviy yondashuvlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish jarayonida uchraydigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri muloqot qilish, turistlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.