logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

Universitetimizda tashkil qilingan "Kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan birga" shiori ostida sport musobaqalari yakunlandi

6–7 noyabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan "Kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan birga" shiori ostida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar jamoaviy ruhni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda universitet jamoasining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazildi.

Sport musobaqalarida faol ishtirok etgan jamoalar final bosqichida o‘zaro kuch sinashib, quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Voleybol musobaqalari natijalari:

1-o‘rin — Tyuterlar jamoasi

2-o‘rin — Xo‘jalik jamoasi

3-o‘rin — Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (RTTM) jamoasi

Shahka bo'yicha (ayollar) g'oliblar

1-o'rin Kodirova Onajon

Shashka bo'yicha (erkaklar)

1-o'rin Jonzakov Orif

Shaxmat bo'yicha (ayollar)

1-o'rin Raximova Nilufar

Shaxmat bo'yicha (erkaklar)

1-o'rin Kulmuratov Sanjar

Stol tennis bo'yicha (erkaklar)

1-o'rin Farmonov Bunyod

Tennis bo'yicha (ayollar)

1-o'rin Nurullayeva Maftuna

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar tantanali tadbirda sertifikatlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, bu kabi sport musobaqalari kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazilishi ta’kidlandi.


image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv