Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda startap loyihalarga ega talabalar har tomonlama qo‘llab-quvatlanadi

02.03.2026 1 daq o'qish 52

Universitetimizda startap loyihalarga ega talabalar har tomonlama qo‘llab-quvatlanadi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yilning  27-fevral kuni universitetdagi bir guruh startap loyihalarga ega talabalar uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi bosh mutaxassisi E.Danaboyev talabalarga “Innovatsion ekotizim va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda startaplarni prototipga aylantirish tartibi” to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Shu bilan bir qatorda, talabalar startap inkubatsiya hamda akseleratsiya dasturlari haqida batafsil tushunchalarga ham ega bo‘lishdi. Seminarda universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov ishtirok etdi va talabalarga olygohda yaratiladigan barcha startap loyihalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi va bu bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytirilishi xususida gapirdi. Seminar so‘ngida iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan davlat stipendiyalariga nomzod bo‘lib, tanlovlarda faol qatnashgan ikki nafar talabaga sertifikatlar topshirildi.

Galereya

Ulashish: