Talabalar G‘alaba bog‘ida ajdodlar jasoratini o‘rgandilar
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar yetakchisi boshchiligidagi faol talabalar guruhi Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar Ikkinchi jahon urushi yillarida ajdodlarimizning urush va orqa frontdagi jasoratlarini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, urush va mehnat fronti faxriylarining mardlik va fidoyilik namunasi bo‘lgan og‘ir hayot yo‘li haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif xalqimiz tinchligi, bugungi osoyishta hayot va farovon kelajak yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.