26-aprel kuni Imom al-Buxoriy majmuasi hududida “Silk Road Samarqand”, “Talaba – yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida navbatdagi ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida talaba-yoshlarni sog‘lom hayot tarziga targ‘ib qilish, ularning doimiy sport bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, musobaqada talabalarmiz orasida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.