O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zmilliy bank” Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimi U. Amanbayev tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Kelajakka qadam markazi” hududiy bo‘linmasida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur uchrashuvlarda bitiruvchilarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini moliyalashtirish maqsadida imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan suhbatlar olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar 10 nafar bitiruvchi talaba tomonidan o‘z loyihalari markazga taqdim etilgan bo‘lib, shulardan 8 ta loyiha “O‘zmilliy bank” tomonidan jami 120 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirildi.
Mazkur tashabbus bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga amaliy yordam berish hamda mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.