Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi

13.02.2026 1 daq o'qish 58

Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni bu bo’yicha taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko’ra, quyidagilar rejalashtirilmoqda:

Milliy restavratsiya instituti tashkil qilinadi;

Samarqand shahridagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi, “Turkiston” yozgi amfiteatri taʼmirlanadi, bunda loyihalashtirish va restavratsiya ishlari UNESСO bilan toʻliq kelishilgan holda bajariladi;

Nukusdagi kreativ parkka Oʻzbekistonning “EKSPO-2025”dagi milliy pavilyoni joylashtiriladi va yonida zamonaviy kutubxona barpo etiladi;

Buyuk Britaniya Qirollik jamgʻarmasi maktabi tajribasi asosida Toshkentda Anʼanaviy sanʼat oliy maktabi tashkil etiladi. Unda taʼlim ingliz tilida olib boriladi, ikki yillik dastur asosida mutaxassislar tayyorlanadi. 2027-yilda 50 nafar mutaxassis tayyorlash, 2031-yilga kelib, yiliga 80 nafar kadr quvvatiga chiqish maqsad qilingan.

Galereya

Ulashish: