Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi Istanbul Tijorat Universitetida “Oilani mustahkamlash” mavzusida 1-Xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda

17.02.2026 1 daq o'qish 37

Universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi Istanbul Tijorat Universitetida “Oilani mustahkamlash” mavzusida 1-Xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 16–17-fevral kunlari Istanbul tijorat universitetida “Oilani mustahkamlash” mavzusida I-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar, soha mutaxassislari hamda jamoat arboblari zamonaviy jamiyatda oila institutini qo‘llab-quvvatlash, uning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, sog‘lom va barqaror oilaviy muhitni shakllantirish masalalarini atroflicha muhokama qilmoqdalar.

Xalqaro konferensiyada universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi

M. Abbasova ham faol ishtirok etib, “Oilada ayolning o‘rni va vazifalari” mavzusida mazmunli ma’ruza bilan qatnashmoqda. Konferensiya doirasida o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga qaratilgan samarali muloqotlar olib borilmoqda.

Galereya

Ulashish: