“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun 2025-yil ilmiy va xalqaro hamkorlik sohasida ulkan yutuqlar bilan kechmoqda! Universitetimiz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturi doirasidagi DIANA (Developing Inclusive and Attractive Nature-based Agritourism) loyihasida faol ishtirok etib, ushbu xalqaro tashabbusning muhim koordinatsion markazlaridan biriga aylandi.
DIANA loyihasi — bu Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istonda qishloq turizmini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan yirik xalqaro hamkorlik tashabbusidir. Loyiha nafaqat ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi, balki mintaqaning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Loyiha maqsadi va mohiyati:
DIANA loyihasi qishloq joylarda ekologik toza, barqaror va madaniy jihatdan boy turizm shakllarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Loyiha doirasida ta’lim dasturlari takomillashtirilib, turizm sohasida yangi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlanadi. Shu bilan birga, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlik muhitini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kutilayotgan natijalar:
• qishloq turizmini rivojlantirish bo‘yicha amaliy platformalar yaratish;
• ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida yangilash;
• mintaqada yangi turistik yo‘nalishlar va xizmatlar joriy etish;
• talaba va o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish.
________________________________________
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti – bugun bilim va tajriba markazi, ertangi barqaror hamda innovatsion turizm taraqqiyotining ishonchli kafolatidir!