Universitetimizning IR-224 guruhi talabalari o‘z nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida assistent-o‘qituvchi M. Ismoilova rahbarligida “Afrosiyob Jeans” ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, mutaxassislar bilan suhbatlashish hamda zamonaviy texnologiyalarni amalda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular ishlab chiqarishdagi jamoaviy ishning ahamiyatini chuqur his etdilar. Korxona ishchilarining o‘zaro ishonchi, intizomi va hamkorligi butun jarayonning muvaffaqiyatini ta’minlab turgani talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Talabalarning ushbu kuzatuv jarayonlari ularga ishlab chiqarishdagi axborot almashinuvi, mehnat taqsimoti va hamkorlikning iqtisodiy samaradorlikdagi o‘rnini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.