Bugun, 5-mart kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Vengriya rektorlarining uchinchi forumi o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi József Rózsa, Óbuda universiteti rektori Levente Kovach kirish so‘zlari bilan ochib berdilar. Anjumanning ochilish marosimiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuhammedov moderatorlik qilmoqda.