logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

Bugun 5-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti sport zalida Oliy ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi sport oyligiga start berish marosimi o‘tkazildi. Ushbu sport tadbirida Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari hamda sport klubi rahbarlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sport zalida tashkil qilingan studiyadan ishtirok etishdi.

 “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi tadbirning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov va hukumat darajasidagi rahbarlar so‘zga chiqib  yoshlar o‘rtasidagi sport o‘yinlarining ahamiyati xususida gapirishdi. Shundan so‘ng barcha rahbarlar ishtirokida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi sport oyligiga start berish marosimi ramziy tarzda o‘tkazildi.

 

Bugundan sport tadbirlarining birinchi bosqichi respublikadagi xususan Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muassasalarida, texnikumlarda boshlandi.


image
image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv