Turizm va mehmondo‘stlik sohasi xodimlari uchun malaka oshirish seminari tashkil etildi
Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 6-FIDE Butunjahon shaxmat Olimpiadasi oldidan “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mehmonxona xodimlari uchun 24-25-avgust kunlari malaka oshirish seminar-treningi tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xorijiy mehmonlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy mehmondo'stlik standartlarini amaliyotga joriy etishdan iborat.
Treningda Samarqand mehmonxonalarining front office xodimlari, menejer va administratorlari, gid va ekskursovodlar hamda mehmonlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Mazkur tashabbus “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.