UI GreenMetric 2025: “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xalqaro reytingda
2025-yil 5-dekabr kuni Tayvan Respublikasida dunyoning eng nufuzli “Yashil universitetlar” reytingi hisoblangan UI GreenMetric 2025 reytingining rasmiy natijalari e’lon qilindi.
Mazkur reytingda joriy yilda 105 ta davlatdan 1 745 ta universitet baholandi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ham mazkur reytingda faol ishtirok etib, munosib natijalarni qayd etdi.
Quvonarlisi shundaki, “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ham UI GreenMetric 2025 reytingida ishtirok etib, dunyo bo‘yicha 1013-o‘rinni egalladi. Ushbu natija universitetda ekologik barqarorlikni ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish, “yashil kampus” tamoyillarini joriy etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli ishlarning samarasi hisoblanadi.