Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitet rektori tomonidan maktab o‘quvchilariga yurt mustaqilligining tarixiy ahamiyati yuzasidan “Mustaqillik darsi” o‘tildi

03.09.2026 1 daq o'qish 269

Universitet rektori tomonidan maktab o‘quvchilariga yurt mustaqilligining tarixiy ahamiyati yuzasidan “Mustaqillik darsi” o‘tildi

Samarqand, 2-sentabr. Bilimlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muxsinjon Xolmuxamedov Samarqand shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. U maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, ular uchun “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.

Dars davomida rektor O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda ta’lim va turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, bilim olishning ahamiyati hamda kelajak uchun mas’uliyat kabi mavzularga to‘xtaldi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Rektor yosh avlodni puxta bilim egallashga, zamonaviy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga va kelgusida yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorladi. Dars so‘nggida rektor o‘quvchilarga turli mavzularda kitoblar sovg‘a qildi.

Ulashish: