20.10.2026
1 daq o'qish
69
Universitetimiz va Imom Rizo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Universitetimizda Eron Islom Respublikasining Imom Rizo xalqaro universiteti rektori doktor Ibrohim Donishifar hamda xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari doktor Ibrohim Dovudiy Sharifobod bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Kelishuv talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va ta’lim dasturlarini tashkil etish, shuningdek, turizm, mehmondo‘stlik va madaniy meros yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.
Memorandum ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va akademik hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.