Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

19.10.2026 1 daq o'qish 97

Universitetimizda erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

2026-yil 15-oktabr kuni universitetimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda oilaviy mas’uliyatni oshirish maqsadida “Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir universitet va viloyat perinatal markazi hamkorligida o‘tkazildi. Davra suhbati davomida oila muqaddas dargoh ekani, mustahkam oilani shakllantirishda o‘zaro hurmat, mas’uliyat, ma’naviy yetuklik va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, farzandlar salomatligini asrash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish har bir oilaning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan reproduktiv salomatlik, erta turmush qurishning yoshlarning jismoniy va ruhiy salomatligi hamda ta’lim olishiga ta’siri yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yoshlarning oilaviy hayotga tayyor bo‘lishi, hayotiy qarorlarni ongli ravishda qabul qilishi va kelajak uchun mas’uliyatni his etishi muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, bunday nikohlar natijasida ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi hamda nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Galereya

Ulashish: