Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda ilk xalqaro yozgi maktab tashkil etildi

24.08.2026 1 daq o'qish 106

Universitetimizda ilk xalqaro yozgi maktab tashkil etildi

2026-yil 16–22-avgust kunlari universitetimizda xorijiy talabalar uchun “Ta’limiy turizm – yangi bilim, yangi taassurotlar” mavzusida ilk xalqaro yozgi maktab tashkil etildi. Yozgi maktabda Xitoy, Qozog’iston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan 17 nafar talaba ishtirok etdi.

Dastur davomida ishtirokchilar madaniy meros, gastronomik turizm, eko turizm, turizm menejmenti yo‘nalishlarida ma’ruza darslarida qatnashib, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda yangi bilim va tajribaga ega bo‘ldilar.

Ishtirokchilar shaharning asrlar davomida shakllangan tarixi, milliy an’analari va o‘ziga xos madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun an’anaviy o‘zbek taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etilib, mehmondo‘stlik an’analari va milliy oshxonamizning o‘ziga xos jihatlari namoyish etildi.

Dastur yakunida barcha ishtirokchilarga yozgi maktabda muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikatlar topshirildi.

Galereya

Ulashish: