Universitetimizda “Mustaqillik soati” o‘quv-seminari o‘tkazildi
27-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik soati” o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori M. Xolmuxamedov, soha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekani hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Seminar davomida O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilgan muhim natijalar haqida fikr almashildi.
Muloqot davomida turizm sohasining rivojlanishi, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro turizm maydonidagi nufuzi tobora yuksalib borayotgani haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda turizm va madaniy meros sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlarning salohiyatini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishda oliy ta’lim muassasalarining muhim o‘rni ham ta’kidlandi.