Universitetimizda “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi doirasida ish jarayonlarida qog‘ozdan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan amaliy tashabbus amalga oshirildi.
Aksiya davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning kundalik faoliyatida hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish, xizmat yozishmalarini raqamli vositalar orqali olib borish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga ustuvor ahamiyat berildi.
Tashabbus orqali ish jarayonlarida ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, elektron hujjat aylanishini kengaytirish va raqamli ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
Atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat va resurslardan oqilona foydalanish universitetning barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim yo‘nalishlaridan biridir. “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi esa ushbu tamoyillarni kundalik faoliyatga tatbiq etishga xizmat qiladi.
🌱 Tabiatni asrash — har birimizning kundalik faoliyatimizdagi mas’uliyatli tanlovimizdir.