Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda Tanishtiruv haftaligi: yangi o‘quv yili tantanali boshlandi

07.09.2026 1 daq o'qish 225

Universitetimizda Tanishtiruv haftaligi: yangi o‘quv yili tantanali boshlandi

Bugun, 7-sentabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan Tanishtiruv haftaligi tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim voqea birinchi kurs talabalari uchun yangi bosqich eshigini ochib, ularni talablik hayotining ilk qadamlari bilan tanishtirdi.

Tadbir universitet rektori Muxsinjon Xolmuxamedovning tabrik so‘zi bilan boshlandi. O‘z nutqida rektor barcha yoshlarni oliy o‘quv yurtining birinchi bosqich talabasi bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etib, talabalik inson hayotidagi eng unutilmas va shu bilan birga mas’uliyatli davrlardan biri ekanligini alohida ta’kidladi. U yoshlarni doimiy izlanishga, bilim sari intilishga va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishga chorladi.

Shuningdek, tadbirda universitet rahbariyati a’zolari birma-bir tanishtirilib, ular o‘quv jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, talabalarning majburiyatlari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tadbirning yana bir esda qolarli lahzasi – kirish imtihonlarida eng yuqori ball bilan universitetga tavsiya etilgan iqtidorli talabalarga sertifikatlar topshirilishi bo‘ldi. Tadbir davomida 1- bosqich talabalari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Galereya

#stadents #Orientation
Ulashish: