“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari Portugaliyaning Portukalense universitetida Erasmus+DIANA — “Empowering Women through the Development and Implementation of Rural Tourism Entrepreneurship in Kazakhstan and Uzbekistan” xalqaro loyihasi doirasidagi o‘quv dasturida ishtirok etdi.
Xalqaro o‘quv dasturi davomida ishtirokchilar quyidagi ikki muhim mavzudagi seminar-treninglarda qatnashdilar:
— “Qishloq turizmini rivojlantirish uchun strategik kommunikatsiyalar, netvorking va hamkorlik aloqalarini shakllantirish”;
— “Tadbirkorlik ta’limida loyihaga asoslangan ta’lim va dizayn tafakkuri (Design Thinking)”.
Mashg‘ulotlarda strategik kommunikatsiyalarni rivojlantirish, samarali hamkorlik va professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, loyihaga asoslangan ta’lim hamda dizayn tafakkuriga tayanuvchi innovatsion pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Erasmus+ DIANA xalqaro loyihasining hamkor tashkilotlaridan biri sifatida universitetimiz xodimlarining o‘quv dasturlarda ishtiroki ilg‘or Yevropa tajribalarini universitet faoliyatiga tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.