Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Urgut tumanida mehmon uylari egalari uchun seminar-treninglar tashkil etildi

08.09.2026 1 daq o'qish 26

Urgut tumanida mehmon uylari egalari uchun seminar-treninglar tashkil etildi

7-sentabr kuni Urgut tumanida “Turizm” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan mehmon uylari egalari uchun turizm sohasidagi xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminar-treninglar doirasida “Mehmonxona, oilaviy mehmon uyi va ovqatlanish xizmatlarida servis jarayonlarini takomillashtirish” hamda “Ziyorat, ekologik, qishloq va hunarmandchilik turizmi mahsulotlarini rivojlantirish mavzularida fikr-mulohaza va tajriba almashinuvi olib borildi.

Tashrif davomida “Tersak” turizm qishlog‘idagi mehmonxona va oilaviy mehmon uylarida xizmat ko‘rsatish jarayonlari o‘rganilib, servis sifatini takomillashtirish, mehmondo‘stlik standartlarini joriy etish hamda sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
xatosiz angliski va ruskiga tarjima qilib ber

Galereya

Ulashish: