Bugun, 21-oktabr kuni, Samarqand shahridagi Markaziy istirohat bog‘ida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi vakillari, keng jamoatchilik, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
A. Navoiy haykali poyida tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda dastlab viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ona tilimizning qadr-qimmati va uning bugungi kundagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng tilshunos olimlar tomonidan o‘zbek tilining tarixi va bugungi holati haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida shoirlar hamda turli millatlarga mansub talabalar o‘zbek tilida she’rlar o‘qidilar.
Tadbir yakunida hazrat Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yilib, siymoga hurmat bajo keltirildi.