Talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, xonadon egalarining talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o’rganish maqsadida, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, psixolog D.Turdiyeva, 1-bosqich tyutori Sh.Nurmatovlar 2025-yil 6-oktabr kuni ijarada turadigan talaba-qizlarning yashash manzillariga navbatdagi tashrifni uyushtirishdi. Bu safar Samarqand shahridagi ijara xonadonida yashovchi Z.Hamidullayevanig yashash shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi. Mas’ullar talaba bilan yaqindan muloqot qilish bilan birga, mahallada kuzatuv kameralarining mavjudligi, mahalla faollarining xonadon egalari to‘g‘risida ma’lumotga ega ekanligi hamda mavjud imkoniyat va muammolar xususida ma’lumotlar olindi. Talaba-qizlar yashayotgan xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to’liq o’rganildi. Shuningdek, qizlarning ruhiy holati borasida ham suhbat uyushtirildi. Universitet vakillari talabalar doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi haqida gapirib, ularga turli huquqbuzarliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, tartib-intizomga amal qilishlari, ayniqsa, kechki soat 21:00 dan keyin ko‘chaga chiqmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.