Bugun, 7-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasova, profilaktika inspektori Sh. Qurbonov, psixolog D. Turdiyeva va tyutor Sh. Nurmatov ijarada yashovchi talaba-qizlarning yashash manzillariga tashrif buyurishdi.
Bu safar Samarqand shahridagi xonadonda ijarada istiqomat qilayotgan 1-bosqich talabalari H. Komilova va M. Abdualimova xonadonlariga borishdi. Mas’ullar tomonidan talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to‘liq o‘rganildi.
Shuningdek, xonadonlarda kuzatuv kameralarining mavjudligi, mahalla oqsoqollarining xonadon vakillari to‘g‘risida ma’lumotga ega ekanligi, uy egalari K. Tojiyev va N. Ismatovadan mavjud imkoniyatlar va muammolar haqida batafsil ma’lumot olindi.
Bundan tashqari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, kechki soat 21:00 dan keyin ko‘chaga chiqmaslik bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi. Talabalar doimiy ravishda universitet ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.