Bugun 2–yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova va yotoqxona pedagog-tarbiyachisi G.Quldoshovalar tomonidan buyuk shoir va mutafakkir, dunyo tan olgan ikki aloma, o‘zbek adabiyotining yetuk namoyondalari, bo‘lgan mutafakkirlarimiz A.Navoiy va Z.Boburning tavallud kunlariga bag‘ishlab “A.Navoiy va Z.Bobur merosi – o‘zbek xalqining boy ma’naviy xazinasidir” mavzusida talabalar yoshlar uchun ma‘naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlar universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyat markazi deriktori J.Eltazarov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan tashkil qilingan ushbu adabiy kechada g‘azal mulkining sultoni A.Navoiy hamda shoh va shoir Z.Bobur ijodlaridan turli tillarda g‘azallar, ruboyilardan namunalar aytishdi va sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi.