Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ayollar va ilm-fan: “SheSCIENCE 2026” xalqaro muloqot maydoni

12.02.2026 1 daq o'qish 44

Ayollar va ilm-fan: “SheSCIENCE 2026” xalqaro muloqot maydoni

2026-yil 11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalari xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ochib berdi.

Tadbirda davlat boshqaruvi organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar va oliy taʼlim tizimi vakillari, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 200 nafarga yaqin olima ayollar qatnashdi. Ushbu Forumda universitetimiz Ilmiy tadqiqotlar bo’limi boshlig’i N.Mansurova ishtirok etdi. Forum doirasida ayollarning ilm-fan va innovatsiya sohasidagi, mintaqaviy va global hamkorlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, tibbiyot, muhandislik, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya kabi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Galereya

Ulashish: