Juma, 27 Noyabr 2020 15:35

“Ipak Yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va madaniyatlararo muloqot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

“Ipak Yo‘li” turizm xalqaro universitetida 2020-yil 22-dekabr kuni soat 10:00 da “Ipak Yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va madaniyatlararo muloqot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn shaklida (internet platformaga asoslangan videokonferensiya formatida, identifikatsiya raqami va ulanish uchun parol qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi) o‘tkaziladi.

Ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Xitoyning Beijing International Studies University bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarda turizm sohasini rivojlanishida madaniyatlararo muloqotning roli bo‘yicha ilmiy-metodologik, amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tajriba almashinuvi uchun xalqaro platformani yaratishdan iborat.

Anjumanga yuborilgan ilmiy maqola va tezislar elektron to‘plam shaklda bepul chop etiladi.

Ushbu anjumanda o‘z maqolalari va tezislari bilan xorijiy va mahalliy olimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda ishtirok etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- og‘zaki ma’ruza bilan chiqish, ko‘rgazmali ma’ruza, ma’ruzalarni muhokamasida ishtirok etish, bahs-munozaralar;
- ilmiy maqola nashri.

Anjumanning asosiy mavzulari:

  1. Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarda turizm sohasining hozirgi holati tahlili va pandemiya hamda postpandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish yo‘nalishlari;
  2. Madaniyatlararo muloqotlarda til hamda madaniyatning o‘rni va roli;
  3. Turizm sohasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari.

Konferensiyaning Ilmiy Qo’mitasi

Konferensiya Ilmiy Qo’mitasi a’zolari

  1. Prof. J.D. Eltazarov
  2. A.A. Akbarov
  3. Dr. H.I. Turdibekov
  4. Dr. Sh.A. Ashurova
  5. Dr. F.A. Abdurakhmonov
  6. Dr. T.I. Sultanov
  7. T.K. Akramova

Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo‘yicha talablar: Yuklab olish

Anketa: Yuklab olish

O'qilgan 7016 marta
Kategoriya Konferensiyalar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar