Atse Milenkovskiy “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif bilan buyurdi.
Ushbu tashrif davomida Atse Melenkovskiy “Ipak yo‘li” universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi, talabalar uchun sayyor ma’ruzasini o‘tkazdi, universitetimiz zamonaviy kutubxonasi bilan tanishdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston bilan Makedoniya o‘rtasida akademik almashinuv kabi masalalar muhokama qilindi.
Avval “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va Skopye shahridagi Turizm va menejment universiteti o‘rtasida “Xalqaro ixtisoslashtirilgan turizm” bakalavriat ta’lim dasturini ochish to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.