Samarqandda 11-13-iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, keling, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 11-iyun kuni yoshlar festivali boshlandi. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari ishtirokidagi bayram yurishi Registon maydonidan boshlanib, Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish bilan yakunlandi. Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilayotgan velomarafonda sportga qiziqqan 1000 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi. Velomarafon yo‘nalishi Registon maydonidan boshlanib, Shohi Zinda majmuasi bo‘ylab Abu Ali ibn Sino ko'chasiga va Registon kompleksiga o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, ertaga “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida festival doirasida ko‘plab tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda.