Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2025-2026-oʻquv yili uchun ajratilgan taʼlim grantlarining oʻzaro nisbati tasdiqlandi

05.04.2025

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2025-2026-oʻquv yili uchun ajratilgan taʼlim grantlarining oʻzaro nisbati tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 117-son buyrugʻiga asosan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2025-2026-oʻquv yili uchun ajratilgan taʼlim grantlarining oʻzaro nisbati tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim granti quyidagicha izohlangan:

 

Toʻliq taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, oʻqitish xarajati Davlat budjetidan toʻliq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanadigan taʼlim granti

Toʻliq boʻlmagan taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanmaydigan taʼlim granti

#grand #talim #education