2026 yil 19-fevral kuni soat 14:00 da “Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida “TALABA GROSSMEYSTER” shaxmat sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Eng kuchli shaxmatchilarni aniqlash, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu musobaqaga barcha talaba-yoshlarni taklif qilamiz! G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi. Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar Universitet Sport mashg‘ulotlari bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998 90 227 28 08