Hurmatli gid-tarjimonlar!
Sizlarni 2025-yil 28-oktabr, seshanba kuni soat 11:30 dan 13:00 gacha bo‘lib o‘tadigan sertifikatlarni topshirish tantanali marosimiga taklif qilamiz.
Tadbir “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faollar zalida bo‘lib o‘tadi.
Marosimda Turizm boshqarmasi hamda shahar hokimligi vakillari ishtirok etib, malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikat topshiriladi.
Marosim yakunida shu kuni 43-Bosh konferensiyada ishtirok etuvchi gid-tarjimonlarni tanlab olish bo‘yicha suhbat o'tkaziladi. Shu sababli barcha gid-tarjimonlarning shaxsan ishtirok etishlari so‘raladi.
Shuningdek, suhbat jarayonida tadbirni tashkil etish tartibi, gidlar faoliyat yuritadigan yo'nalishlar hamda ularning vazifalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.
Viloyatlardan bo‘lgan ishtirokchilar uchun masofadan turib Zoom orqali qatnashish imkoniyati yaratiladi.