Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari o‘rtasida turizm sohasida yosh tadqiqotchilar va iqtidorli mutaxassislar uchun “Turizm, ta’lim va fan: kelajakka nazar” xalqaro forumi doirasida turizm sohasida innovatsion loyiha va g‘oyalar bo‘yicha “Sening g‘oyalaring – turizm muvaffaqiyatiga eltuvchi yo‘l” Respublika yoshlar tanlovini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan universitet talabalari “O‘zbekiston madaniyati zamonaviy dizaynda” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etish uchun https://hsedesign.ru/competition/1266c4e3c12d499faafafd310e4d31ff havolasi orqali, “Sening g‘oyalaring–turizm muvaffaqiyatiga eltuvchi yo‘l” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etish uchun https://tridm-forum.uz havolalari orqali ariza berib tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari 27-29-noyabr kunlari taqdirlanadi.