Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar!
2025-yil 22-dekabr kuni soat 09:00 da “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida China–Uzbekistan Energy Transition and Green Development Forum bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda energetika sohasida yashil rivojlanish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlanadi.
Tashkilotchilar:
International Academician Science & Technology Innovation Center (IASTIC)
Tashkent State Technical University (TSTU)
Huazhong University of Science and Technology (HUST)
Harbin Institute of Technology (HIT)
Silk Road International University of Tourism and Cultural Heritage (SRIUTCH)
Samarkand International University of Technology (SIUT)
va boshqalar
Forumda O‘zbekiston va Xitoydan yuqori martabali mutasaddilar, yetakchi olimlar, xalqaro tashkilotlar va energetika kompaniyalari vakillari ishtirok etadi.
Barchangizni ushbu xalqaro forumda faol ishtirok etishga taklif etamiz!