Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

10.12.2025

E’LON

Hurmatli talabalar!

Sizning xavfsizligingiz – bizning ustuvor vazifamiz!

Universitetda talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Inspektorga murojaat” Telegram botining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bot orqali siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

Xavfsizlikka oid muammolar yuzasidan murojaat yuborish

Huquqbuzarlik yoki tartibbuzarlik holatlari haqida xabar berish

Talabalar yotoqxonasi, o‘quv binolari va atrof hududlarida aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan fikr bildirishingiz

Tezkor tarzda profilaktika inspektoridan maslahat olish

Bot 24/7 rejimida ishlaydi va har bir murojaat inspektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Eslatma: Sizning murojaatlaringiz maxfiy saqlanadi va faqatgina xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

Botga murojaat qilish uchun:

Telegramdagi @inspectorSriut_bot botiga kirib, murojaat turini tanlang va xabaringizni yuboring.

Xavfsizlik – har bir talabaning mas’uliyati!