Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

19.01.2026

E’LON

Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-noyabrdagi 380-AF-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda gidlar uchun imtiyozli xitoy tili tayyorlov kursi yo‘lga qo‘yildi.

2026-yil yanvar oyidan boshlab gidlik sertifikatiga ega bo‘lgan 12 nafar talabgor uchun 9 oylik imtiyozli xitoy tili tayyorlov kursi tashkil etiladi.

Mazkur kurs:

gidlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan xitoy tilini puxta o‘rgatishga;

malakali, raqobatbardosh va professional gidlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Kursda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar Telegram orqali quyidagi manzillarga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

@Obidjon_777

@takh_mina

Shoshiling, joylar soni cheklangan!