“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun hujjat topshirgan talabgorlarga imtihon jarayonlari 2025-yil 15-noyabr sanasida (universitet huzuridagi UN Tourism tematik ofisida soat 11:00da) tashkil etiladi.
Malakaviy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha tasdiqlangan imtihon dasturi asosida o‘tkaziladi (imtihon dasturi ilova qilinadi).
Talabgorlardan imtihon boshlanadigan vaqtdan yarim soat oldin malakaviy imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya avtoreferatlari bilan birgalikda kelishlari so‘raladi.