2026-yil 2-chorak uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga.
Joriy yilning 23-25-fevral kunlari soat 14:30da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (mustaqil izlanuvchilik PhD, DSc) o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarga suhbat jarayonlari mutaxasislik fanlaridan tuzilgan imtihon dasturlariga asosan o‘tkaziladi (ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari ilova qilinadi).
Talabgorlardan suhbat o‘tkaziladigan vaqtdan yarim soat oldin suhbat o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.