“Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovining universitet bosqichiga start berildi. Tanlovda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishga, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topishga qaratilgan startap loyihalar va g‘oyalar ishtirok etishi mumkin. Ushbu tanlovda guruhi va kursidan qat’iy nazar universitet bakalavr hamda magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari 300 million soʻmgacha grant olish imkoniga ega bo‘ladilar
Muddat: Startap loyihalar va g‘oyalarni 2026-yil 27-martga qadar https://t.me/n_xoliqov telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan startap loyihalar va g‘oyalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi 322 xona.
Telefon raqami: +998 66 240 67 85 (Telegram https://t.me/n_xoliqov )