“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv
19-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetimizda Oʻzbekistpn Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" PQ-19-son qarori hamda taniqli ijodkorlar ishtirokida ilhom va tafakkurga boy uchrashuv bo‘lib o‘tadi!
Tadbir mehmonlari:
To‘lqin Hayit — yozuvchi, publitsist, “Meni kechir, bolajon”, “Dashnobod xangomalari”, “Qora Shahzoda” kabi mashhur asarlar muallifi.
Oydinniso Yo‘ldasheva — shoir va tarjimon, Akutagava Ryunoske asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, G‘afur G‘ulom nashriyoti xodimi.
Safar Olloyor — shoir va jurnalist, “Yilning eng yaxshi jurnalisti” (1997) tanlovi sovrindori, “Ishq yo‘li”, “Umid o‘zani”, “Nafis idrok”, “Omad ko‘zi” kabi she’riy to‘plamlar muallifi.
Uchrashuv davomida ijodkorlar o‘z hayoti, ijodiy yo‘li hamda adabiyotning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritadilar.
Tadbir universitet talabalariga ilhom, ma’rifat va ruhiy yuksalish manbai bo‘lishi kutilmoqda.
Barcha talabalarni ushbu ma’naviy uchrashuvga taklif etamiz!