SAMARQANDDAN OLIS HUDUDLARGACHA — SIZNING BILIMINGIZ BILAN!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olayotgan yoki dars berayotgan, S1 daraja sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchi va talabalar diqqatiga!
Endi o‘z bilimingizni nafaqat shaharda, balki qishloqlardagi yoshlarga ham yetkazish imkoniyati bor. Davlat tomonidan 120 million so‘mgacha bo‘lgan grant va imtiyozli ssuda ajratiladi.
Nima uchun aynan siz?
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida olgan tajribangiz hududlarda haqiqiy o‘zgarish yaratishi mumkin.
🔹 Kimlar uchun: S1 (IELTS/CEFR) sertifikati egalari.
🔹 Mablag‘: 320 BRV (120 mln so‘m) imtiyozli ssuda yoki grant.
🔹 Imtiyozlar: Past foizli ssuda + soliq imtiyozlari (1% va 7,5%).
Orzularni ro‘yobga chiqarish vaqti keldi! Keling, birgalikda ta’lim orqali kelajak quramiz.
📞 Murojaat: 104-xona, O.Rustamov.
PQ–59-son (11.02.2026)