INSHOLAR TANLOVI
Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlovda barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Eng yaxshi insho mualliflari aniqlanib, dastlabki 3 o‘rinni egallagan talabalar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 1-o‘rinni egallagan talaba keyingi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalarni 2026-yil 16-mart soat 11:00 da 200-xonaga kelishlarini so‘raymiz.