Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi dasturi doirasida Nagoya va Gifu universitetlarida tahsil olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi eʼlon qilingan. Ushbu stipendiyalar “Forefront Studies Program” dasturi doirasida Nagoya va Gifu universitetlari tomonidan fuqarolik va atrof-muhit muhandisligi (Civil and Environmental Engineering) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etiladi. Ushbu tanlovda (magistratura, doktorantura) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2025-yil 28-noyabrga qadar online tarzda taqdim etishlari kerak. Mazkur stipendiya dasturi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan https://www.civil.nagoya-u.ac.jp/ceeipo/index.html
https://www.civil.nagoyau.ac.jp/forefront/admission.html veb-sahifalarida tanishish mumkin.
Batafsil ma’lumot: https://www.civil.nagoya-u.ac.jp/ceeipo/index.html