Hurmatli professor-o‘qituvchilar va xodimlar,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq, UNESCOning Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha Qirol Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofoti uchun arizalar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz.
Mazkur nufuzli mukofot ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) samarali joriy etishga qaratilgan innovatsion loyiha va tashabbuslarni e’tirof etadi.
Arizalar topshirish muddati: 2026-yil 8-may
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://www.unesco.org/ict-ed-prize
Ta’lim jarayonida zamonaviy AKT yechimlarini joriy etayotgan barcha kafedra va professor-o‘qituvchilarni ushbu mukofot uchun ariza topshirishga chorlaymiz.
Shuningdek, nomzodlar tegishli tartibda UNESCO Milliy komissiyasiga ham taqdim etilishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun mas’ul bo‘limga murojaat qilishingiz mumkin.
Ushbu imkoniyat orqali universitetimizning ta’lim sohasidagi innovatsion yutuqlarini xalqaro miqyosda namoyish etishga chorlaymiz.