“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” Respublika tanlovining universitet bosqichiga start berildi. Tanlov professor-o‘qituvchilar va talabalarning eng yaxshi ixtirochilarini saralab olish, ixtirochiligini rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlovda guruhi va kursidan qat’iy nazar universitet bakalavr hamda magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar:
sun’iy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari;
muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari;
aniq va tabiiy fanlarga mansub ta’lim yo‘nalishlari;
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
veterinariya va qishloq xo‘jaligi (shu jumladan, baliqchilik va o‘rmonchilik);
sog‘liqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi;
arxitektura va qurilish;
transport va logistika xizmatlari.
Ishtirokchilar tanlovda oʻzlari yaratgan ixtirolari bilan ariza topshirish orqali qatnashadilar. Har bir talabgor faqat bitta ixtiro bilan ishtirok etishi mumkin. Avvalgi tanlovlarda ishtirok etgan loyiha bilan qayta qatnashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tanlovning barcha yo‘nalishlar boʻyicha respublika g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin: 12 mln 250 ming soʻm,
2-oʻrin: 10 mln soʻm.
3-oʻrin: 9 mln soʻm.
Muddat: Loyihalarni 2026-yil 26-aprelga qadar https://t.me/n_xoliqov telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi 322-xona.
Telefon raqami: +998 66 240 67 85 (Telegram https://t.me/n_xoliqov )