“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi 241-sonli buyrug‘iga muvofiq,
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan:
“Yoshlar korrupsiyaga YO‘Q deydi” “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzularida “ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR”, “ENG YAXSHI INSHOLAR” va “ENG YAXSHI RASMLAR” tanlovi e’lon qilinadi!
Ishtirok shakli:
• Videorolik
• Insho
• Rasm
Ijodiy ishlarni topshirish muddati:
2025-yil 3-dekabr (shu kuni soat 23:59 gacha)
Natijalar e’lon qilinadigan sana:
2025-yil 5-dekabr
Sovrinlar:
• 1-, 2-, 3-o‘rin sertifikatlar
• Esdalik sovg‘alari
Tanlov g‘oliblariga beriladigan diplomlar yil yakunidagi grant taqsimotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!