“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hujjat topshirmoqchi boʻlgan xorij fuqarolari diqqatiga!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka
(PhD) o‘qishga xorij fuqarolari uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:
08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
08.00.11-Marketing;
08.00.13-Manejment;
08.00.16-Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya;
08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati;
11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
17.00.06-Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash.
Mustaqil izlanuvchilkka (PhD) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni tadqim etishlari zarur:
1) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (CV)
2) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasining notarial tasdiqlangan varianti ilovalari bilan birgalikda;
3) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis)
4) Xorijiy (til) ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://daraja.ilmiy.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Hujjatlar qabuli muddati: 2026-yil 15-maygacha
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hujjat topshirgan talabgorlar uchun o‘qishga kirish uchun suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi
Elektron manzil: sanjar.jumayev@univ-silkroad.uz
Murojaat uchun tel: +998910338081