2026-yil 8-may kuni soat 17:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (universitet binosi 109-xona Samarqand shahar, Universitet xiyoboni, 17-uy) huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.22/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda universitet mustaqil izlanuvchisi Sharipov Shahriyor Shamsiddin o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy seminarga ilmiy izlanuvchilar va qiziquvchilar taklif etiladi.